Kirish Ro'yxatdan o'tish

Simeone "Barsa" haqida: "Ular raqib maydonida o‘ynashni bilishadi va o‘ylashga vaqt berishmaydi"

Simeone "Barsa" haqida: "Ular raqib maydonida o‘ynashni bilishadi va o‘ylashga vaqt berishmaydi"

Baho:
+ | -

"Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga doirasida ertaga bo‘lib o‘tadigan "Barselona"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Futbol, birinchi navbatda, futbolchilarga bog‘liq: murabbiylarning g‘oyalaridan tashqari, aynan o‘yinchilar o‘z darajasi va sifati bilan bunday uchrashuvlar taqdirini hal qilishadi. Yangi murabbiy kelganidan beri ular juda yaxshi harakat qilishmoqda — himoya chizig‘ini yuqorida tutib, yakkakurashlarda g‘alaba qozonishga intilishyapti. Biz esa 14 yildan beri o‘z xususiyatlarimizda kelib chiqib o‘ynayapmiz va raqobatbardosh bo‘lib qolish uchun ishlashda davom etamiz.

Ularning barcha futbolchilari xavfli, chunki ular ajoyib ijrochilar. Ular raqib maydonida o‘ynashni bilishadi va sizga o‘ylash uchun vaqt berishmaydi. Ular buni har bir o‘yinda qilishadi, bu esa juda qiyin — yuqori himoya chizig‘i bilan o‘ynab, tavakkal qilishadi. Biz o‘yinni ularga zarar yetkaza oladigan yo‘nalishga burishimiz kerak bo‘ladi", — dedi Simeone.

Kiritildi: 20:56, 03.04.2026.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик