Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Omad raqib tomonida edi» - Vadim Abramov Urganchdagi mag‘lubiyat, xatolar, muammolar va vaziyatdan qanday chiqishi haqida

«Omad raqib tomonida edi» - Vadim Abramov Urganchdagi mag‘lubiyat, xatolar, muammolar va vaziyatdan qanday chiqishi haqida

Baho:
+ | -

Superliga 5-turi doirasidagi «Xorazm» - «Dinamo» (2:1) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun barcha maydonda futbol ko‘rdi. Menimcha, «Xorazm» kuchli ishtiyoqi evaziga g‘alabaga erishdi, men shunday deb o‘ylayman. Afsuski, ba’zida o‘yin davomida barchasi sen uchun qarshi ishlayotgandek bo‘ladi, chunki bunday o‘yinda ikkita gol o‘tkazadigan darajada xavf yo‘q edi. Yo‘q joydan gol o‘tkazgach, ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirdik va ikkinchi gol uchun hujumkorlikni oshirgandik. Ammo shunday gol o‘tkazdikki, omad raqib tomonda edi.

- Darvozabonning gollardagi xatosini qanday izohlaysiz?
- Nima ham derdim, bu futbol. Darvozabonimiz 1-golda hali to‘pni qo‘lga kiritmay, katta ishtiyoq sabab hujumni boshlash haqida o‘yladi, chog‘i.

- «Dinamo» muammolar ichida. Yaqinda chiqqan qaror jamoaning muammolarini qay daraja yechadi deb o‘ylaysiz?
- Bilmadim, men jamoani o‘yinga tayyorlashim, mashg‘ulotlarni o‘tkazishim kerak. Bu masalani izohlay olmayman. Hozircha pul yo‘q edi, hali ham yo‘q. Buyog‘iga qanday bo‘ladi, bilmayman.

- Bilishimizcha, «Dinamo»ga oylik maoshlar berilmayotganining 5-oyi boshlangan. Masalan, «Xorazm»da oylik maoshlar bo‘yicha qarzdorlik yo‘q, deyishdi. Aprel oyida esa jamoangizni ketma-ket yana 5ta muhim o‘yin kutib turibdi. Bu holatda qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchiciz?
- Javob berish qiyin. Maydonga chiqib o‘ynash kerak, bizdan talab etiladigani shu. Boshqa tarafdan maydonga men emas, futbolchilar chiqadi. Har bir futbolchining miyasida nima borligini bilmayman, kirib chiqa olmayman chunki. Hammaning o‘z muammosi bor. Yigitlarni imkonqadar tayyorlayapmiz, ruhlantirib, gapiryapmiz. Ammo hozircha barchasiz biz o‘ylagandek bo‘lmayapti, - dedi Vadim Karlenovich Urganchdagi o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:58, 03.04.2026.
O'qildi: 1036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик