Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Bastoni transferi bo‘yicha «Inter»ga ilk rasmiy taklifini yubordi

«Barselona» Bastoni transferi bo‘yicha «Inter»ga ilk rasmiy taklifini yubordi

Baho:
+ | -

«Barselona» Italiyaning «Inter» klubi bilan markaziy himoyachi Alessandro Bastoni transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. FCInter1908 nashrining Sport Mediaset’ga tayanib xabar berishicha, «neradzurrilar» rahbariyati Kataloniya klubidan ilk taklifni qabul qilib olgan.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»ning dastlabki taklifi 45 million yevroni tashkil etmoqda. Biroq «Inter» uchun bu mablag‘ yetarli emas deb topildi — italiyaliklar Bastoni uchun kamida 60 million yevro olish niyatidalar. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etadi.

Shu bilan birga, avvalroq xabar berilganidek, futbolchining o‘zi Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga rozilik berib bo‘lgan.

Joriy mavsumda 26 yoshli Bastoni 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va oltita golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 22:29, 03.04.2026.
O'qildi: 2221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик