Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. «Nasaf» «Andijon» ustidan kichik hisobda g‘alabaga erishdi

Superliga. «Nasaf» «Andijon» ustidan kichik hisobda g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Nasaf» Samarqandda «Andijon»ni qabul qildi. Ehtiyotkorlik va kurashlarga boy kechgan bahsda qarshiliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning ilk daqiqalarida jamoalar asosan ehtiyotkor harakat qildi. 11-daqiqada Rustamovning zarbasi noaniq chiqdi. 15-daqiqada esa Islom To‘xtaxo‘jayev raqibni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgani uchun sariq kartochka oldi.

Birinchi bo‘lim davomida jiddiy golli vaziyatlar kam kuzatildi. Shunga qaramay, taym so‘nggida «Nasaf» darvozaboni Abduvohidning ajoyib seyvi jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Natijada, birinchi bo‘lim 0:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham o‘yin uzoq vaqt davomida teng kurashlar ostida o‘tdi. 68-daqiqada Rustamovning xavfli reydi himoyachilar tomonidan to‘xtatildi. Uchrashuv taqdiri esa 77-daqiqada hal bo‘ldi.

Zafarmurod Abdurahmatov to‘pni egallab, olis masofani bosib o‘tdi va jarima maydoniga kirib, narigi qanotga juda qulay uzatma berdi. Murodbek Rahmatov to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Shu gol o‘yindagi yagona va hal qiluvchi zarba bo‘lib chiqdi.

Qolgan daqiqalarda «Nasaf» ustunlikni saqlab qolishga harakat qildi, «Andijon» esa hisobni tenglashtirish uchun oldinga o‘tdi. Biroq mezbonlar ishonchli himoya bilan g‘alabani qo‘ldan chiqarmadi.

Shu tariqa, «Nasaf» 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, navbatdagi muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Superliga, 5-tur
"NASAF" - "ANDIJON" - 1:0
Gol: Murodbek Rahmatov (77)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:32, 03.04.2026.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик