Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Samvel Babayan: "O‘yin natijaga mos bo‘lmadi"

Samvel Babayan: "O‘yin natijaga mos bo‘lmadi"

Baho:
+ | -

«Nasaf» – «Andijon» (1:0) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Samvel Babayan qatnashdi.

— Bugun chempionatdagi 5-chi o‘yinimiz, afsuski mag‘lub bo‘ldik. O‘yin natijaga mos bo‘lmadi. Qaysidir vaziyatda «Nasaf» to‘pni nazorat qildi, lekin darvozamiz oldida yaqqol vaziyat yarata olmadi. Mag‘lubiyat alamli, albatta. Birgina vaziyatda tezkor hujumni o‘tkazib yubordik. Raqib darvozaboni tezkorlik bilan boshlab bergan vaziyatdan foydalandi. O‘z xatomiz tufayli yutqazdik. Xatolarni o‘rganib, ishlashda davom etamiz. Uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarimiz oldida mag‘lub bo‘lish juda alamli va ular oldida xijolatdamiz. Muxlislarimizga achinarli bo‘ldi, ular uzoq yo‘l bosib kelib bizni qo‘llashdi. Men ulardan uzr so‘rayman. Prinsipial raqibga mag‘lub bo‘lish og‘ir zarba. Lekin biz kuchli jamoa bo‘lmoqchi bo‘lsak, shijoat topib mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak.

— Cheran va Boake ko‘p harakat qilishdi. Ammo yarim himoya ularga kamroq yordam bergani tufayli ushbu juftlik samarasiz o‘ynadi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

— Birinchi navbatda ular himoyada katta hajmdagi ishni bajarishdi. To‘p nazorati paytida keng harakatlandik. Lekin Cheran va Boake bog‘lami effekt bermadi. O‘rta zonada muammolarimiz mavjud. Hujum tashkil etishda rivojlanish bo‘lmayapti. Shuningdek, himoyadan hujumga o‘tishda ham kamchiliklarimiz ko‘rindi. Bir qancha sabablar bor. Vaziyatlar yarata olmadik, biz ko‘proq to‘pni pastroqda olib harakatlandik. Raqib darvozasiga qadar 50-60 metr masofadan ishg‘ol qilish qiyin, ayniqsa, raqibning uch nafar himoyachilari tartibli harakatlandi. «Nasaf»ni oldingi o‘yinlaridan ko‘ra, bugun «Nasaf» himoyasi tartibli o‘yin ko‘rsatdi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:03, 04.04.2026.
O'qildi: 728 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик