Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kompani Maykl Oliseni Kevin de Bryuynega qiyosladi

Kompani Maykl Oliseni Kevin de Bryuynega qiyosladi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi ustozi Vensan Kompani jamoa a’zosi Maykl Olisening o‘yinidan juda mamnun. U futbolchida Italiyaning «Napoli» klubi yulduzi Kevin de Bryuyne bilan tenglasha oladigan iqtidorni ko‘rmoqda. Kompani Kevinni Belgiya terma jamoasidagi faoliyati orqali juda yaxshi biladi.

«Olisening o‘yinini ko‘rganimda, doim menda "dejavyu" hissi paydo bo‘ladi. Uning to‘pga zarba berishi, har ikkala oyog‘ida aldamchi harakatlarni amalga oshirishi — bularning barchasi menga Kevinning o‘yinini eslataveradi», — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi 2024 yilda Myunxenning «Bavariya» klubiga ko‘chib o‘tgan edi. O‘sha yili u Fransiya terma jamoasida ham debyut qilgan.

Kiritildi: 08:38, 04.04.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик