Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» Reshfordga o‘rinbosar qidirishni boshladi

«Barselona» Reshfordga o‘rinbosar qidirishni boshladi

Baho:
+ | -

«Barselona» Markus Reshfordning klubda qolishi maqsadga muvofiq ekanligiga shubha qilmoqda.

Kataloniya grandi ingliz futbolchisini joriy mavsum yakuniga qadar «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan edi. Avvalroq «ko‘k-anorranglilar» futbolchini olib qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi taxmin qilingandi, biroq so‘nggi vaqtlarda vaziyat o‘zgardi. Jurnalist Ferran Korreasning xabar berishicha, «Barselona» 28 yoshli futbolchining o‘yinidagi pasayishdan xavotirda, shu sababli bozorda muqobil variantlarni qidirishni boshlagan.

Ma’lumki, yana bir muammo Reshfordning yuqori maoshi bilan bog‘liq. Vingerning o‘zi Kataloniyada qolishni istaydi, ammo katta ehtimol bilan o‘z qadrdon klubiga qaytishga majbur bo‘ladi.

Kiritildi: 12:16, 04.04.2026.
O'qildi: 1864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик