Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» rahbariyati Keynning natijalaridan hayratda

«Bavariya» rahbariyati Keynning natijalaridan hayratda

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl hujumchi Xarri Keynning kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz u bilan yozda gaplashib olamiz. Men uni kuzatyapman, u o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. U jamoa bilan sovrinlar yutmoqda, individual mukofotlarga ega chiqmoqda va rekordlarni yangilamoqda. U «Bavariya»ga o‘tganidan beri unga bo‘lgan hurmat, hatto Angliyada ham keskin oshdi», — deya funksionerning so‘zlarini jurnalist Manuel Bonke keltirmoqda.

Keyn 2023 yilning yozida «Bavariya» futbolchisiga aylangan edi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 48 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

To‘purarning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:31, 04.04.2026.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик