«Bornmut» himoyachisi Markos Senesi Angliya chempionatining yanada nufuzliroq klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, APLning o‘tgan mavsumdagi chempioni — «Liverpul» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Ibraima Konatening ehtimoliy ketishi va Virjil van Deykning yoshi anchaga borib qolgani sababli markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida.
Senesining transfer qiymati 22 million yevroga baholanmoqda. 28 yoshli argentinalik futbolchining «olchalar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.
Joriy APL mavsumida Markos 30 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi va sakkizta sariq kartochka oldi.













