Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sautgempton» ustozi «Arsenal»ning zaif tomonlarini topganini aytdi

«Sautgempton» ustozi «Arsenal»ning zaif tomonlarini topganini aytdi

Baho:
+1 | -

«Sautgempton» bosh murabbiyi Tonda Ekkert Angliya Kubogi chorak finali doirasida Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv bugun, 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

"Arsenal" — o‘yin borasida ko‘plab yechimlarga ega bo‘lgan kuchli jamoa. Biroq biz ularning bir nechta zaif nuqtalarini topdik va ulardan foydalanishimiz mumkin. Endi buni maydonda isbotlashimiz kerak", — dedi Ekkert o‘yin oldidan.

Joriy mavsumda «Sautgempton» Chempionshipda ishtirok etmoqda. Angliyaning ikkinchi divizionida 40 ta turdan so‘ng «avliyolar» 63 ochko bilan turnir jadvalida yettinchi o‘rinda borishmoqda.

Kiritildi: 13:24, 04.04.2026.
O'qildi: 729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик