Kirish Ro'yxatdan o'tish

Brunu Fernandeshga ikki top-klub da’vogarlik qilmoqda

Brunu Fernandeshga ikki top-klub da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Brunu Fernandesh yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.

CaughtOffside nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Fernandeshning «Manchester Yunayted»dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar qatorida «PSJ» va «Bavariya» bor. Agar «qizil iblislar»ga yirik summadagi taklif tushsa, ular 31 yoshli xavbekni joriy mavsum yakunida qo‘yib yuborishlari mumkin.

Joriy mavsumda Fernandesh barcha turnirlarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining ingliz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:49, 04.04.2026.
O'qildi: 2887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик