Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Kasparov va Karlsen e’tirofi: Javohir Sindorovning Nomzodlar turniridagi ishtiroki shaxmat yulduzlarini hayron qoldirmoqda

Kasparov va Karlsen e’tirofi: Javohir Sindorovning Nomzodlar turniridagi ishtiroki shaxmat yulduzlarini hayron qoldirmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turnirining 5-turida o‘zining musobaqadagi to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Qora donalarda harakat qilgan sportchi dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, FIDE reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Hikaru Nakamurani mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Sindarov o‘z hisobidagi ochkolar sonini 4,5 taga yetkazib, turnir jadvalidagi yaqqol peshqadamligini yanada mustahkamladi. Shuningdek, mazkur natija evaziga Javohir onlayn reyting jadvalida dunyoning top-5 shaxmatchisi qatoriga kirdi.

Uning bunday yorqin o‘yiniga o‘z davrining eng kuchli shaxmatchilaridan biri, 13-Jahon chempioni Garri Kasparov yuqori baho berdi. U Sindarovning natijalarini “aql bovar qilmas darajada” deb atab, kuchli startdan keyingi psixologik ishonch omili hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi. Kasparovning fikricha, o‘yinchi o‘z sezgisiga tobora ko‘proq ishona boshlaydi va bu jarayonda sezgi ham, natija ham bir-birini kuchaytiradi. Shu bilan birga, raqiblar ham unga qarshi o‘ynar ekan, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni yo‘qota boshlaydi.

Ayni vaqtda dunyoning birinchi raqamli grossmeysteri Magnus Karlsen ham Sindarovning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda. U “Grenke Chess Festival”dagi ishtirokidan so‘ng o‘zbekistonlik shaxmatchining partiyalarini tahlil qilishini ma’lum qildi. Karlsen Sindarovni turnirning “yashirin favoritlaridan biri” sifatida baholab, uning 5 partiyadan 4,5 ochko jamg‘argan startini hech kim kutmaganini ochiq aytdi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng Hikaru Nakamura o‘z o‘yiniga batafsil izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur pozisiya Nomzodlar turniridan oldin tayyorlangan bo‘lsa-da, hal qiluvchi 12…0-0 yurishi tayyorgarlik materiallarida e’tibordan chetda qolgan. Grossmeyster bu holatni o‘zining ham, sekundantining ham xatosi sifatida baholadi.

Nakamura ta’kidlashicha, ushbu kam uchraydigan variant top darajadagi o‘yinlarda deyarli qo‘llanmaydi, biroq aynan shu yurish taxtada paydo bo‘lgach, u muhim qaror qabul qilishda ikkilanib qolgan. Shundan so‘ng u 13-h4 yurishini tanlashdan oldin deyarli bir soat o‘ylagan. Aslida u Ne4 (ot e4 yurishi) va h4 variantlari orasida tanlov qilgan, biroq yakunda xato yo‘lni tanlaganini tan oldi.

Amerikalik grossmeysterning fikricha, pozisiya nihoyatda keskin bo‘lgan va u ikkita piyodani qurbon qilishga majbur bo‘lgan. Bunday vaziyatda raqib yaxshi tayyorlangan bo‘lsa, o‘ynash juda murakkablashadi. Nakamura hatto bunday holatda Magnus Karlsen ham qiyinchilikka duch kelishi mumkinligini qayd etdi.

Yakunda u mazkur mag‘lubiyatni alamli deb atar ekan, partiya davomida vaziyatni tubdan o‘zgartirish imkoniyati bo‘lganiga ishonmasligini bildirdi. Uning fikricha, asosiy sabab — aynan bitta muhim yurishga tayyorgarlik yetarli bo‘lmaganidir.

Yana bir qiziqarli fakt, turnir avvalida Javohirning g‘alaba qozonish ehtimoli 15 foizga baholangan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 70 foizga yetgan.

Bugun, 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan oltinchi turda u qora donalarda Jahon Kubogi finalidagi raqibi, xitoylik Vey Iga qarshi dona suradi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Nomzodlar turniri 29 martdan 15 aprelga qadar Kiprda o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning eng kuchli sakkiz nafar grossmeysteri ishtirok etmoqda. Shaxmatchilar ikki davrada (14 tur) shaxmat toji uchun kechadigan bahsda amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib borish uchun kurashmoqda. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 500 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:00, 04.04.2026.
O'qildi: 1097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик