Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«10 tadan bittasi gol bo‘lardi»: Dembele «Tuluza» darvozasiga urgan shedevr goli haqida gapirdi (+Video)

«10 tadan bittasi gol bo‘lardi»: Dembele «Tuluza» darvozasiga urgan shedevr goli haqida gapirdi (+Video)

Baho:
+ | -

«PSJ» vingeri Usmon Dembele Fransiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan «Tuluza»ga qarshi bahs (3:1) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu uchrashuvda futbolchi dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

«Birinchi golim? Bu juda qiyin zarba edi. Agar shunday vaziyatda 10 marta zarba berganimda, ehtimol, faqat bittasi gol bilan yakunlanardi. To‘p menga shunchalik sekin uchib kelayotgan ediki, men tavakkal qilib ko‘rish kerak deb o‘yladim. Va bu o‘z samarasini berdi. Ajoyib gol. Aytishim mumkin bo‘lsa, bu gol faoliyatimdagi eng sevimli uch golim qatoriga kiradi. Biroq «Lill» darvozasiga kiritgan to‘pim hamon ro‘yxatimda birinchi o‘rinda turibdi», — deya Dembelening so‘zlarini Ligue 1+ nashri keltirmoqda.

«PSJ» 63 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Lans» hisobida 4 ochko kam. «Tuluza» esa 37 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 17:12, 04.04.2026.
O'qildi: 1301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик