Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
28/08 22:00 Rasing - Elche
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem

«Manchester Siti» «Liverpul»ni tor-mor etib, Angliya Kubogi yarim finaliga chiqdi. Husanov to‘liq va ishonchli o‘yin o‘tkazdi

«Manchester Siti» «Liverpul»ni tor-mor etib, Angliya Kubogi yarim finaliga chiqdi. Husanov to‘liq va ishonchli o‘yin o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» o‘z maydonida Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Liverpul»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Shaharliklar» safida Erling Xolann xet-trik qayd etdi. Norvegiyalik hujumchi 39-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, 45 va 57-daqiqalarda o‘yindan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yana bir gol 50-daqiqada Antuan Semenyo tomonidan kiritildi.

Uchrashuvning 64-daqiqasida «Liverpul» bitta javob to‘pini kiritishi mumkin edi, biroq Muhammad Saloh penaltidan unumli foydalana olmadi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq o‘yin o‘tkazdi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya Kubogining ilk yarim finalchisiga aylandi.

Angliya Kubogi. 1/4 final
04.04.2026 | 16:45
«Etixad», Manchester

«MANCHESTER SITI» — «LIVERPUL» — 4:0

Gollar: Erling Xoland 39-pen (1:0), Erling Xoland 45 (2:0), Antuan Semenyo 50 (3:0), Erling Xoland 57 (4:0).

Foydalanilmagan penalti: Muhammad Saloh 64 («Liverpul»).

«Manchester Siti»: Trafford, O`Rayli, Gexi, Abduqodir Husanov, Mateus Nunes, Bernardu Silva, Rodri (Gonsales, 62), Doku (Savio, 62), Sherki (Reynders, 71), Semenyo (Foden, 71), Xolann (Marmush, 77).

«Liverpul»: Mamardashvili, Kerkez, van Deyk, Konate, Jo Gomes (Frimpong, 62), Kyortis Jons, Gravenberx (Makallister, 67), Florian Virs (Ngumoxa, 68), Dominik Soboslai, Ugo Ekitike (Gakpo, 68), Muhammad Saloh (Kyeza, 77).

Ogohlantirishlar: Rodri (34), Bernardu Silva (67) — Gravenberx (24), Kerkez (65).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:39, 04.04.2026.
O'qildi: 1534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик