Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Bundesliga. «Bavariya»dan superkambek: Myunxenliklar 80-daqiqadan so‘ng uchta gol urib, g‘alabani ilib ketishdi!

Bundesliga. «Bavariya»dan superkambek: Myunxenliklar 80-daqiqadan so‘ng uchta gol urib, g‘alabani ilib ketishdi!

Baho:
+ | -

«Bavariya» Germaniya chempionatining 28-turi doirasida safarda «Frayburg»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv «Evropa-park-SHtadion» arenasida bo‘lib o‘tdi.

Myunxenliklar 80-daqiqagacha 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edilar.

«Frayburg» tarkibida gollarni Yoxan Manzambi (46-daqiqa) va Lukas Xeler (71-daqiqa) kiritishdi. Myunxenliklardan Tom Bishof dubl qayd etdi (81 va 90+2-daqiqalar), 90+9-daqiqada esa 18 yoshli Lennart Karl g‘alaba golini urdi.

20 yoshli Bishof uchun bu klub safidagi dastlabki gollar bo‘ldi.

«Bavariya» 73 ochko jamg‘argan holda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Frayburg» esa 37 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Germaniya Bundesligasi. 28-tur
04.04.2026 | 18:30
«Europa-Park Stadion», Frayburg

«FRAYBURG» — «BAVARIYA» — 2:3
Gollar: Manzambi 46’ (1:0), Lukas Xeler 71’ (2:0), Tom Bishof 81’ (2:1), Tom Bishof 90+2’ (2:2), Karl 90+9’ (2:3).

«Frayburg»: Noa Atubolu, Filipp Linxart, Mattias Ginter, Kristian Gyunter (Lukas Kyubler, 65), Troy, Maksimilian Eggeshtayn, Manzambi (IrYE, 78), Sudzuki (Nikolas Xefler, 90), Sherxant, Yan-Niklas Beste (Igor Matanovich, 78), Lukas Xeler (Ogbus, 89).

«Bavariya»: Manuel Noyer, Kim Min Je (Alfonso Devis, 87), Jonatan Ta (Konrad Laymer, 56), Tom Bishof, Yosip Stanishich, Yozua Kimmix, Leon Goreska (Aleksandar Pavlovich, 56), Rafael Gerreyru (Maykl Olise, 56), Luis Dias, Karl, Serj Gnabri (Jamal Musiala, 65).

Ogohlantirishlar: Jonatan Ta (25), Mattias Ginter (29), Maykl Olise (73), Noa Atubolu (90), Karl (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:28, 04.04.2026.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик