Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turniri. Javohir Sindorovdan g‘alabali seriya davom etadi: Vey Yi taslim etildi

Shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turniri. Javohir Sindorovdan g‘alabali seriya davom etadi: Vey Yi taslim etildi

Baho:
+1 | -

O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov FIDE Nomzodlar turnirining 6-turida o‘zining musobaqadagi 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Qora donalarda harakat qilganiga qaramasdan Javohir Xitoyning birinchi raqamli grossmeysteri, 2025 yilgi FIDE Jahon kubogi finalchisi Vey Ini mag‘lubiyatga uchratdi.

Tomonlar debyutda teng o‘yin namoyish etishdi. Xitoylik raqib 19-yurish uchun 46 daqiqa sarflab, o‘z vaqtini ancha kamaytirib qo‘ydi. Sindarov esa aniq yurishlarni topib, o‘z ustunligini asta-sekinlik bilan oshirib bordi. Vey-Yi 30-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygach, Javohirning ustunligi ancha oshib ketdi. O‘zbekistonlik shaxmatchining piyodasi Farzinga chiqishi aniq bo‘lgach, Vey Yi 36-yurishdan keyin o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.



Ushbu g‘alabadan so‘ng Sindarov o‘z hisobidagi ochkolar sonini 5,5 taga yetkazib, turnir jadvalidagi yaqqol peshqadamligini yanada mustahkamladi. Shuningdek, mazkur natija evaziga Javohir onlayn reyting jadvalida 2770 ochkoga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov jahon shaxmat toji uchun kurashish imkonini beruvchi ushbu nufuzli turnirda qatnashayotgan ilk o‘zbekistonlik shaxmatchi hisoblanadi. U musobaqani rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etish bilan boshlagan edi. Keyingi turlarda germaniyalik Mattias Blubaum bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, hindistonlik Rameshbabu Pragnanadha, Fabiano Karuana va Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozonib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sindarov 2025 yilgi Jahon Kubogi finalida aynan Vey Yi ustidan tay-breykda g‘alaba qozonib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Nomzodlar turniri 29 martdan 15 aprelga qadar Kiprda o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning eng kuchli sakkiz nafar grossmeysteri ishtirok etmoqda. Shaxmatchilar ikki davrada (14 tur) shaxmat toji uchun kechadigan bahsda amaldagi Jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib borish uchun kurashmoqda. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 700 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:39, 04.04.2026.
O'qildi: 1796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик