Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Inter» murabbiyi italiyalik futbolchilarning JCHdan quruq qolgani haqida: «Bu — o‘yinning bir qismi»

«Inter» murabbiyi italiyalik futbolchilarning JCHdan quruq qolgani haqida: «Bu — o‘yinning bir qismi»

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu mavsumning yakuniy o‘yinlarida jamoaning ruhiy holati bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar haqidagi savolga javob berdi.

Jurnalistlar ruminiyalik mutaxassisdan «neradzurrilar» tarkibidagi Italiya terma jamoasi a’zolari «Skuadra Adzurra»ning Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan keyin tez fursatda o‘ziga kela olmasliklaridan xavotirda emasmi, deb so‘rashdi.

«Men chempionlar bilan ishlayman. Ular joriy mavsumdayoq to‘g‘ri xulosa chiqarish va muvaffaqiyatsizliklarni yengib o‘tishga qodir ekanliklarini isbotlab bo‘lishdi. Ular asosiysi — reaksiya, xarakter, jamoa va muxlislarga bo‘lgan hurmat ekanini tushunib yetishgan. Ruhiy tushkunlik — o‘yinning bir qismi, ba’zida bu bilan shunchaki kelishish kerak. Men bundan xavotirda emasman. Futbolchilarimiz o‘zlarining irodaviy barqarorliklarida muammo yo‘qligini ko‘rsatib qo‘yishdi», — dedi Kivu matbuot anjumanida.

Bugun milanliklar o‘z uylarida «Roma»ni qabul qilishadi.

Kiritildi: 12:59, 05.04.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик