Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» Noyerga o‘rinbosar topdi

«Bavariya» Noyerga o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi Manuel Noyerga uzoq muddatli o‘rinbosar qidirmoqda. Germaniyalik darvozabonning klub bilan shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi, qolaversa, Noyer yaqinda 40 yoshni qarshi oldi.

Manbalarning xabariga ko‘ra, nemis klubi 23 yoshli niderlandiyalik darvozabon Bart Verbryuggen bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, darvozabon uchun «Tottenxem» va «Nyukasl» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Verbryuggen 2023 yildan beri «Brayton» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda golkiper APLda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va ulardan 7 tasini gol o‘tkazmasdan yakunladi.

Kiritildi: 15:58, 05.04.2026.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик