Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xansi Flik Kanseluning o‘yinidan hayratda

Xansi Flik Kanseluning o‘yinidan hayratda

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Joau Kanseluni jamoada saqlab qolmoqchi.

Diario Sport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis portugaliyalik futbolchining o‘yinidan «hayratda» va uni mavsum yakuniga qadar «Barselona»ning asosiy chap qanot himoyachisi sifatida ko‘rmoqchi. Klub rahbariyati yozda «Al-Hilol» Kanseluni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda va iyun oyida to‘liq transferni rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, xabar berilishicha, «Barselona» Aleks Balde bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Kanselu qishki transfer oynasida «Al-Hilol»dan ijara asosida «Barselona»ga o‘tgan edi. Kataloniya klubi safida 13 ta o‘yinda maydonga tushgan portugaliyalik himoyachi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 03:31, 06.04.2026.
O'qildi: 1147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик