Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Real"ning muhim futbolchisi "Bavariya"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga qaytishi mumkin

"Real"ning muhim futbolchisi "Bavariya"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Seshanba kuni Madridning "Real" klubi Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida o‘z maydonida "Bavariya"ni qabul qiladi.

Yaqindagina jiddiy jarohatini davolab bo‘lgan markaziy himoyachi Eder Militao "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca. Futbolchi to‘liq sog‘aygan va yaxshi sport formasiga kirib olgan.

Militaoning maydonga qaytishi La Liganing "Malyorka"ga qarshi yaqinda bo‘lib o‘tgan bahsida yuz berdi – o‘shanda braziliyalik futbolchi zaxiradan maydonga tushgan. 28 yoshli futbolchi jami to‘rt oyga yaqin vaqt davomida maydonga tusha olmadi.

15 aprel kuni Myunxenda "Real" va "Bavariya" o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:15, 06.04.2026.
O'qildi: 2757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик