Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Malyorka"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Real" kiyinish xonasidagi muhit ma’lum bo‘ldi

"Malyorka"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Real" kiyinish xonasidagi muhit ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Malyorka"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoa kiyinish xonasidagi muhit haqida gapirib berdi.

Ispaniya La Ligasining 30-turidan o‘rin olgan uchrashuv 4 aprel kuni bo‘lib o‘tdi va madridliklarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Ushbu o‘yindan so‘ng "Real" turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan yetti ochkoga ortda qolmoqda.

— Mag‘lubiyatdan keyingi kiyinish xonasi boshqalaridan hech qanday farq qilmaydi. Ehtimol, bu safargisi og‘riqliroq qabul qilinayotgandir, chunki mag‘lubiyatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan klub mavjud bo‘lsa, bu — "Real"dir, — dedi Arbeloa.

"Real" o‘zining navbatdagi o‘yinini ertaga — Chempionlar Ligasi chorak finalida "Bavariya"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:43, 06.04.2026.
O'qildi: 1772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик