Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Alexandro Garnachoning «Chelsi»dagi kelajagi so‘roq ostida qoldi

Alexandro Garnachoning «Chelsi»dagi kelajagi so‘roq ostida qoldi

Baho:
+ | -

Argentinalik vinger Alexandro Garnacho yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Saymon Fillips o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, Londonning «Chelsi» klubi rahbariyati yarim himoyachini sotishga tayyor va potensial xaridorlardan takliflar kutmoqda. Alexandroning bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2032 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli argentinalik futbolchi «Chelsi»ga «Manchester Yunayted»dan 46 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida Alexandro 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va to‘rtta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 11:33, 07.04.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик