Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Bekxem: «Orzular haqiqatan ham amalga oshar ekan»

Bekxem: «Orzular haqiqatan ham amalga oshar ekan»

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hammuassisi Devid Bekxem jamoasi 4 aprel kuni yangi «Nu» stadionida ilk o‘yinini o‘tkazganidan so‘ng, ushalmay qolgan orzulari haqida so‘zlab berdi. «Ostin» klubiga qarshi kechgan bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

«Bundan 20 yil avval Amerikaga va MLS’ga kelganimda, asosiy orzum — chempionliklarni qo‘lga kiritish, o‘zim sevgan futbolni rivojlantirishga hissa qo‘shish va shaxsiy jamoamni tashkil etish edi. 13 yil oldin tanlovim Mayami ekanligini e’lon qilgandim. U paytda na nomimiz, na muxlislarimiz va na stadionimiz bor edi. Bugun esa men yangi uyimizda turibman. Biz MLS chempionlarimiz. Tarkibimizda tarixdagi eng yaxshi futbolchi o‘ynayapti. Orzular haqiqatan ham amalga oshar ekan», — deya Bekxemning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.

Bundan avval jamoa o‘z uy uchrashuvlarini Mayamidan taxminan 40 kilometr shimolda joylashgan Fort-Loderdeyl shahrida o‘tkazishga majbur edi. Qurilishi 2023 yilning avgustida boshlangan yangi arena 26 700 tomoshabinga mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:42, 07.04.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик