Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Madueke Artetaning ish uslubini yuqori baholadi

Madueke Artetaning ish uslubini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Noni Madueke Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida murabbiy Mikel Arteta bilan ishlash jarayoni haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. 7 aprel kuni uning jamoasi safarda Lissabonning «Sporting» klubiga qarshi maydonga tushadi, uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

«U ajoyib murabbiy. Juda faol va mayda detallargacha e’tiborli. U o‘yinimning ayrim jihatlarini yaxshilashga yordam berdi, harakatlarimni tizimliroq ko‘rinishga keltirdi. Shu bilan birga, u o‘zligimni saqlab qolishimga ham xalaqit bermaydi», — deya Maduekening so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Arteta 2019 yildan beri «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda. Madueke esa jamoaga 2025 yilda «Chelsi»dan 56 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 12:47, 07.04.2026.
O'qildi: 509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик