Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Manchester Yunayted» 50 million funtlik futbolchisidan voz kechmoqda

«Manchester Yunayted» 50 million funtlik futbolchisidan voz kechmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» tayanch yarim himoyachisi Manuel Ugarteni sotib yuborishga tayyor. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi Urugvay terma jamoasi a’zosini "PSJ"dan taklif qilish uchun 50 million funt sterling sarflagan edi, biroq bu transfer o‘zini oqlamadi.

Ugarte o‘zining ikkinchi mavsumida asosan zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi va Angliya Premyer-ligasida bor-yo‘g‘i yetti bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. «Yunayted» kelayotgan yozda, hatto jamoani Kazemiro tark etayotgan bo‘lsa-da, yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor. Xabar qilinishicha, futbolchiga Turkiya va Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.

Ugarte 2024 yilning yozidan beri mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda urugvaylik futbolchi barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda ishtirok etdi, biroq birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:28, 07.04.2026.
O'qildi: 1602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик