Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Eritreya terma jamoasining yetti nafar futbolchisi Esvatini bilan o‘yindan so‘ng g‘oyib bo‘ldi

Eritreya terma jamoasining yetti nafar futbolchisi Esvatini bilan o‘yindan so‘ng g‘oyib bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Afrika Millatlar Kubogi saralashi doirasidagi Esvatini bilan bahsdan so‘ng (2:1 hisobida Eritreya g‘alaba qozongan) mehmon jamoaning yetti nafar futbolchisi g‘oyib bo‘ldi. O‘yin Esvatinida bo‘lib o‘tgan, biroq qochib ketgan ayrim futbolchilar JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) hududida ko‘rilgani aytilmoqda, deb xabar beradi BBC.

Eritreya davlat OAVlari odatda katta tantana bilan kutib olinadigan jamoaning qaytishi haqidagi vaziyatga izoh bermayapti. Manbaga ko‘ra, futbolchilarni kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rilgan, biroq o‘yinchilar yo‘qolgani haqidagi xabardan so‘ng tadbir bekor qilingan.

Eritreya Sport va madaniyat komissiyasi vakili ijtimoiy tarmoqlarda jamoaning ba’zi a’zolari va xodimlari Misrda bo‘lib turgani aks etgan suratlarni joylashtirdi. Qayd etilishicha, Qohiradagi Eritreya elchixonasi va mahalliy jamoatchilik ular uchun qabul tashkil qilgan. Futbolchilar vatanga qaytish yo‘lida Qohirada to‘xtab o‘tishgan.

Huquqni muhofaza qilish tashkilotlari Eritreya hukumatining harakatlarini o‘ta repressiv deb ta’riflaydi, garchi rasmiy hukumat bu ayblovlarni inkor etsa-da. So‘nggi 20 yil ichida Eritreya terma jamoasi a’zolari yoki butun tarkibning xorijdagi o‘yinlardan so‘ng qochib ketishi bilan bog‘liq holatlar tez-tez kuzatilmoqda:

2019 yil: Ugandadagi musobaqadan so‘ng U20 terma jamoasining 7 nafar o‘yinchisi g‘oyib bo‘lgan.

2015 yil: Botsvanadagi o‘yindan so‘ng asosiy tarkibning 10 nafar futbolchisi uyga qaytishdan bosh tortgan.

Ikki yil avval: Ugandada jamoaning 15 nafar futbolchisi va shifokoriga boshpana berilgan.

2009 yil: Keniyadagi musobaqadan so‘ng murabbiy va bir nafar rasmiy shaxsdan tashqari butun jamoa uyga qaytmagan.

Kiritildi: 14:28, 07.04.2026.
O'qildi: 1004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик