Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Jon Barns Slotning iste’fosiga qarshi chiqdi

Jon Barns Slotning iste’fosiga qarshi chiqdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» afsonasi Jon Barns mersisaydliklar rahbariyatini bosh murabbiy Arne Slotga bo‘lgan ishonchni saqlab qolishga chaqirdi.

«Biz Arne Slot bilan APLda g‘olib chiqdik va endi birdan uni bo‘shatmoqchimizmi? Agar u ketsa va o‘rniga, aytaylik, Alonso kelsa-yu, dastlabki olti oy yoki bir yilda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa-chi? Unda nima qilamiz? Uni ham bo‘shatib, boshqa birovni chaqiramizmi? Men doim murabbiylarni qo‘llab-quvvatlayman, chunki ular klubga o‘z muvaffaqiyatlari tufayli kelishadi. Ularga vaqt berish kerak», — deya Barnsning so‘zlarini keltirmoqda Liverpool Echo.

Arne Slot Angliya Kubogi chorak finalida «Manchester Siti»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan (0:4) so‘ng keskin bosim ostida qoldi. Bu mag‘lubiyat klub uchun joriy mavsumdagi 15-si bo‘ldi. Avvalroq «Liverpul» rahbariyati Slotning kelajagini muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Slot 2024 yilda «Liverpul»ni qabul qilib olgan va 2024/2025 yilgi mavsumda jamoa bilan Angliya Premyer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Hozirda jamoa 49 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda va YECHL chorak finaliga yo‘l olgan.

Kiritildi: 14:44, 07.04.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик