Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kanselu Flik va Xavini solishtirdi

Kanselu Flik va Xavini solishtirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" himoyachisi Joau Kanselu Xavi Ernandes va Xans-Diter Flikni solishtirdi.

— Siz Xavi Ernandes qo‘l ostida ham shug‘ullangansiz va hozirda Xansi Flik bilan birgasiz. Ular o‘rtasida nima o‘zgardi? Va hozirgi "Barselona" avvalgisidan yaxshiroqmi?

— Har kimning o‘ziga yarasha ustunliklari va kamchiliklari bor, bu har doim shunday bo‘lib kelgan. Men Xavi Ernandesdan juda minnatdorman, chunki u menga ko‘p yordam bergan murabbiy. Uni futbolchilik davrida ham ko‘p kuzatganman, u menga juda yoqadigan o‘yinchi edi.

Xansi Flik esa boshqacha, lekin u albatta yaxshiroq yoki yomonroq degani emas. O‘ylaymanki, ularning ikkalasi ham buyuk murabbiylar. Balki Flikning murabbiylik faoliyati uzoqroq bo‘lgani uchun tajribasi biroz ko‘proqdir, lekin Xavi ham ajoyib murabbiy bo‘lishiga ishonaman", - dedi 31 yoshli portugaliyalik himoyachi matbuot anjumanida.

Kiritildi: 16:49, 07.04.2026.
O'qildi: 1349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик