Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Timur Kapadze: «Ikkala jamoa g‘alaba uchun borini berdi, bizga nasib qildi»

Timur Kapadze: «Ikkala jamoa g‘alaba uchun borini berdi, bizga nasib qildi»

Baho:
+ | -

«Andijon» – «Navbahor» (0:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze qatnashdi.

— Birinchi navbatda butun jamoa va muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Derbi baribir derbi. O‘yin darajasi ham ko‘rsatdi. Xudoga shukr, g‘alaba qozondik. Ikkala jamoa muxlislariga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytaman. Yaxshi o‘yin bo‘ldi, ularni xursand qildik. Futbolchilarimni tabriklayman, yaxshi harakat qilishdi. Uchrashuv davomida xatolar ham, yaxshi vaziyatlar ham bo‘ldi. Ikkala jamoa g‘alaba uchun borini berdi, bizga nasib qildi. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Keyingi uchrashuvlarda «Andijon» jamoasiga ham omad tilayman.

— Zabihillo O‘rinboyevni holati qanaqa?

— Ikkita qovurg‘asi singan deyishdi, biroz vaqtni oladi. Futbolda jarohat bo‘lib turadigan narsa, vahimali joyi yo‘q. O‘ylaymanki, u ham, qolgan futbolchilar ham safga qaytishadi. Har bir futbolchini o‘rni bor. Yana bir bor hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Har taraflama juda hissiyotlarga boy, qiyin o‘yin bo‘ldi. Baribir Andijonda o‘ynash oson emas. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, «Andijon» borini tashlashini bilardik. Biz ham yaxshi harakat qildik, imkoniyatimizni kutdik. Xudoga shukr, oxirida nuqtani qo‘ydik.

— Erondagi legionerlarimizni «Neftchi», «Paxtakor», «Andijon» kabi klublar o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishyapti. «Navbahor»da himoya chizig‘ida muammolar bor. Rustam Ashurmatovni qo‘shib olish varianti ko‘rib chiqilmayaptimi?

— Uchta jamoani aytdingiz, bizni ham qo‘shish kerakda, biz ham harakatdamiz. Biz ham har bir futbolchi bilan gaplashyapmiz. Har bir klubni kuchaytiradigan futbolchilar. Bu narsa ustida ishlayapmiz. Qolgani o‘yinchilarni tanloviga qoladi.

— Bu g‘alabani 6 ochkolik deb hisoblaysizmi?

— Unchalik 6 ochkolik demagan bo‘lardim. 3 ochkoni oldik, o‘yinlar hali ko‘p. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Har bir bellashuv muhim, bizga. Yangi jamoa, yangi o‘yinchilar. O‘yindan-o‘yinga ishonch yaxshi bo‘lyapti. Buni oxirida ko‘ramiz. Agar «Andijon» tepada bo‘lsa, demak 6 ochkolik bo‘lgan bo‘ladi. Hozir bir narsa deyish qiyin. Ammo bu prinsipial derbi. Bir paytlari «Neftchi»da o‘ynaganimda «Navbahor» va «Andijon» bilan derbilarni sezardim. Keyin uzoqlashgan ekanman. Qo‘qon bilan o‘ynadik, ammo baribir bu «Neftchi» va «Andijon» bilan o‘yin darajasida emas. Bugun ikkala muxislar ajoyib muxlislik qilishdi va daraja ham sezildi.

— Odatda, derbilarda gol kam bo‘ladi, bu safar ham birgina gol o‘yin taqdirini hal qildi...

— Gol kam bo‘ladimi, ko‘p bo‘ladimi, eng asosiysi, derbida g‘alaba qozonish. Hech kimni yutqazgisi kelmaydi. Ikkala jamoa kurashdi. Minimum imkoniyatdan foydalanishga harakat qilishdi. Biz ular uchun kutilmaganda standartdan oxirida gol urib ketdik. Albatta, biz kutgandik. To‘g‘ri yondashdik.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:43, 08.04.2026.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик