Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Tchuameni "Bavariya" bilan o‘yindagi hakam qaroridan norozi

Tchuameni "Bavariya" bilan o‘yindagi hakam qaroridan norozi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida "Bavariya"ga qarshi kechgan birinchi o‘yinda olgan sariq kartochkasi haqida gapirdi. Fransuz futbolchisi 37-daqiqada ogohlantirildi — buning natijasida u Myunxendagi javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.

"Bilmadim, men shunchaki yugurayotgandim va to‘pni olib qo‘yishga harakat qilmadim, lekin hakam qoida buzilishini ko‘rdi. Menimcha, u sariq kartochka ko‘rsatishni xohlagandi, chunki bungacha follar ko‘p bo‘lgandi. Men bu qarorni tushunmayapman", — deya Tchuamenining so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

"Santyago Bernabeu"dagi bahs "qaymoqranglilar"ning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Keyingi chorshanba kuni "Alyans Arena"da javob o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:26, 08.04.2026.
O'qildi: 901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик