Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Vest Xem» Kongo terma jamoasi ustidan FIFAga shikoyat qildi

«Vest Xem» Kongo terma jamoasi ustidan FIFAga shikoyat qildi

Baho:
+ | -

«Vest Xem» klubi DR Kongo futbol federasiyasini ayblab, FIFAga rasmiy shikoyat yo‘lladi. Bunga London klubi himoyachisi Aaron Uan-Bissakaning Angliya Kubogi 1/4 finali doirasidagi «Lids»ga qarshi o‘yin (2:2, penaltilar seriyasida 2:4) oldidan o‘z vaqtida jamoa ixtiyoriga qaytmagani sabab bo‘lgan.

Avvalroq, DR Kongo terma jamoasi a’zolari oradan 52 yil o‘tib ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma olganliklari munosabati bilan tashkil etilgan qabul marosimlari tufayli o‘z klublariga qo‘yib yuborilmagani haqida xabar berilgan edi.

«The Athletic» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, «Vest Xem» Uan-Bissakaga bayram tadbirlarida ishtirok etish uchun Kongoda qolishga ruxsat bermagan. Klub himoyachining Londonga qaytishi uchun maxsus parvoz tashkillashtirgan, biroq futbolchi belgilangan reysga kelmagan.

Kiritildi: 17:06, 08.04.2026.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик