Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki bahsida Kataloniyaning «Barselona» jamoasi o‘z uyida Madridning «Atletiko» klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan «ko‘k-anorranglilar» himoyachisi Jerar Martin o‘rtoqlashdi.
«Tarkiblar teng bo‘lgan vaqtda biz o‘yinni nazorat qilib turgandik, ammo bunday bahslardagi qizil kartochka hamma narsani o‘zgartirib yuboradi. Shunday bo‘lsa-da, bizda gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi, biroq foydalana olmadik. Raqibda imkoniyatlar kamroq edi, lekin ular o‘z vaziyatlaridan unumli foydalanishdi. Biz hali ham qarama-qarshilik taqdirini o‘z foydamizga hal qila olishimizga ishonamiz», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda UEFA matbuot xizmati.













