Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Arsenal» «Barselona» tarbiyalanuvchisiga jiddiy qiziqmoqda

«Arsenal» «Barselona» tarbiyalanuvchisiga jiddiy qiziqmoqda

Baho:
+ | -

«Selta»ning o‘ng qanot himoyachisi Oskar Mingesa Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.

26 yoshli futbolchi mavsum yakunlanganidan keyin katta ehtimol bilan erkin agentga aylanadi — uning muddati tugayotgan shartnomasi yangilanishi amrimahol. Jurnalist Sebastyen Vidalning so‘zlariga ko‘ra, «to‘pchilar» ispaniyalik futbolchining universalligidan hayratda va kelayotgan yozda uni jamoaga taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Premyer-liganing boshqa vakillari ham o‘yinchiga qiziqish bildirmoqda.

Oskar Mingesa — «Barselona» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2022 yilda «Selta»ga o‘tishidan oldin aynan shu klub sharafini himoya qilgan. Har ikki qanotda va markazda o‘ynash qobiliyatiga ega bo‘lgan lateral joriy mavsumda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va oltita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 10:40, 10.04.2026.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик