Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Agent Enso Fernandesning kelajagiga oydinlik kiritdi

Agent Enso Fernandesning kelajagiga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Xavyer Pastore o‘z mijozining kelajagi borasida yangicha izoh berdi.

Bir necha oydan beri yarim himoyachining yaqin orada klubini almashtirishi haqidagi mish-mishlar tinmayapti. Yaqinda «ko‘klar» argentinalik futbolchi Madridda yashash istagini ochiqchasiga bildirgani uchun uni rasman ikkita o‘yinga chetlatgan edi. Unga da’vogarlar qatorida nafaqat «Real», balki «PSJ» ham tilga olinmoqda.

«Mening «PSJ» bilan aloqam borligini hisobga olsak, bunday gap-so‘zlarda ajablanarli narsa yo‘q. Enso bu mavsumni «Chelsi»da yakunlaydi, so‘ngra Jahon chempionatida ishtirok etadi. U Chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi — ko‘ramiz, jamoa u yerga yo‘llanma ola bilarmikan. Hozircha, ochig‘ini aytsam, biz transfer haqida o‘ylayotganimiz yo‘q», — deya Pastorening so‘zlarini keltirmoqda Onze Mondial.

Enso Fernandesning «Chelsi» bilan shartnomasi 2032 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 11:12, 10.04.2026.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик