Four Four Two nashri bo‘lajak jahon chempionatining asosiy favoritlari haqida maqola e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, kelayotgan yozda Mundialga uchta mamlakat – AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Mualliflar JCH-2026ning bosh favoriti sifatida Argentina terma jamoasini ko‘rsatishmoqda. Tarkibida Lionel Messi bo‘lgan aynan «albiseleste» amaldagi chempion sifatida Jahon kubogini himoya qiladi.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Yevropaning amaldagi chempioni – Ispaniya terma jamoasi joy olgan. Kuchli uchlikni oxirgi ikkita Mundialda finalgacha yetib borgan Fransiya terma jamoasi yakunlab beradi.
Top-10likning qolgan o‘rinlarini ketma-ketlikda Germaniya, Angliya, Portugaliya, Braziliya, Urugvay, Niderlandiya va Belgiya terma jamoalari egallab turibdi.
Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.













