Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Enso Fernandes va «Chelsi» yarashib olishdi

Enso Fernandes va «Chelsi» yarashib olishdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning agenti Xavyer Pastore tomonlar o‘zaro kelishib olganini ma’lum qildi.

Bundan avvalroq, argentinalik futbolchi Madridga ko‘chib o‘tish istagi haqida bergan intervyusi sababli asosiy jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatilgan edi.

«Biz «Chelsi» bilan bir to‘lqindamiz. Kecha yarashib oldik. Aslini olganda, hech qachon hech qanday muammo bo‘lmagan. Biz vaziyatga oydinlik kiritdik xolos», — deya agentning so‘zlarini keltiradi Top Mercato.

Pastorening ta’kidlashicha, Ensoning gaplari «Chelsi» uchun muammo tug‘dirishga qaratilmagan edi. Enso — jamoa sardori va yetakchilaridan biri, u mavsumni yuqori darajada o‘tkazmoqda, deya xulosa qildi agent.

Joriy mavsumda 25 yoshli Fernandes barcha musobaqalarni hisobga olganda 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:50, 10.04.2026.
O'qildi: 446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик