Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Emeri: «Raqibni hurmat qilish kerak»

Emeri: «Raqibni hurmat qilish kerak»

Baho:
+ | -

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasi chorak finalining ilk bahsida «Bolonya» ustidan qozonilgan safardagi ishonchli g‘alaba (3:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz xursandmiz, lekin har bir narsada muvozanatni saqlash muhim. Birinchi bo‘limda biroz kishanlangandek o‘ynadik va o‘yinimizdan ko‘ra natijamiz yaxshiroq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim esa butunlay boshqacha o‘tdi: biz nazoratni qo‘lga oldik va reja bo‘yicha harakat qildik.

Ular gol urishganda biz ajoyib reaksiya ko‘rsatdik va so‘nggi soniyalarda uchinchi golni urdik. Bu yaxshi natija, lekin oldinda javob o‘yini bor. Ular xavfli jamoa, shuning uchun kiyinish xonasidagi asosiy gapim shu bo‘ldi: raqibni hurmat qilish kerak», — dedi Emeri.

Javob uchrashuvi 16 aprel kuni Birmingemdagi «Villa Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:28, 10.04.2026.
O'qildi: 360 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик