Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Alvaro Arbeloa «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi chempionlik poygasi haqida gapirdi

Alvaro Arbeloa «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi chempionlik poygasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing 31-turi doirasidagi «Jirona»ga qarshi o‘yin oldidan turnir jadvalidagi holat va chempionlik uchun kurash haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Hozirda «Barselona» madridliklarni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda.

«Biz uchun har bir o‘yin juda muhim ekanligini tushunib turibmiz. Agar ilgari xato qilishga haqqimiz deyarli bo‘lmagan bo‘lsa, hozir bu imkoniyat yanada kamaygan. Maqsadimiz — har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Toki imkoniyat bor ekan, biz kurashamiz. Agar qachondir imkoniyat qolmasa ham, baribir xuddi shunday kurashishda davom etamiz. Bu o‘zgarmaydi; biz kim ekanligimizni, ko‘kragimizdagi emblema qanday mas’uliyat yuklashini va talablarni yaxshi bilamiz. Biz bunga tayyormiz», — dedi Arbeloa klub rasmiy saytiga.

Kiritildi: 15:51, 10.04.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик