Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Xau "Nyukasl"ni og‘ir o‘yin kutayotganini aytdi

Xau "Nyukasl"ni og‘ir o‘yin kutayotganini aytdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau Angliya chempionati doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Kristal Pelas» bilan o‘yinlar, qayerda — uyda yoki safarda o‘ynashimizdan qat’i nazar, doimo qiyin kechadi. Bu xavfli futbolchilarga ega, juda yaxshi tashkil etilgan jamoa», — deya Xauning so‘zlarini keltiradi «qarg‘alar» matbuot xizmati.

Angliya Premyer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» va «Nyukasl» o‘rtasidagi bahs yakshanba, 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada Eddi Xau shogirdlari o‘z maydonida London klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Kiritildi: 16:30, 10.04.2026.
O'qildi: 400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик