Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Yevropa klubi Saloh va Van Deykni qo‘lga kiritmoqchi

Yevropa klubi Saloh va Van Deykni qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

Yaqinda hujumchi Muhammad Saloh mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishi rasman e’lon qilingan edi. Misrlik yulduzning keyingi jamoasi borasida ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda.

A Spor nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiyaning «Galatasaroy» klubi shu yozda 34 yoshga to‘ladigan Salohni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bundan tashqari, Istanbul klubi «Liverpul»ning yana bir yulduzi — himoyachi Virjil van Deykni ham sotib olishni rejalashtirgan. Niderlandiyalik futbolchi ham shu yozda 35 yoshini qarshilaydi.

Qayd etilishicha, ushbu transferlarning bir qismi sifatida «Galatasaroy»ning 28 yoshli futbolchisi Ronald Shallai ingliz klubiga o‘tishi mumkin. Bu orqali turklar transfer summasini pasaytirishga umid qilishmoqda. Shallaining asosiy pozisiyasi o‘ng qanot himoyasi bo‘lsa-da, vengriyalik futbolchi hujumda ham o‘ynash imkoniyatiga ega.

Kiritildi: 18:41, 10.04.2026.
O'qildi: 1520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик