Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Levon Aronyan: “Javohir Sindarovga xohlaganini qilishga yo‘l qo‘yib berishyapti”

Levon Aronyan: “Javohir Sindarovga xohlaganini qilishga yo‘l qo‘yib berishyapti”

Baho:
+ | -

Nomzodlar turnirida to‘rt bor (2011, 2014, 2016 va 2018 yillarda) ishtirok etgan Levon Aronyan o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarovning hozirgi o‘yini haqida o‘z fikrini bildirdi.

— Turnir biz kutgandek qiziqarli kechmayapti. Go‘yo boshqa o‘yinchilar asta-sekin taslim bo‘lib, Sindarovga xohlaganicha o‘ynashga imkoniyat berayotgandek.

Aronyan Sindarovning kuchli tomonlarini ham alohida ta’kidladi:
— U juda taktik, juda topqir o‘yinchi. Eng muhimi, psixologik jihatdan juda barqaror. Agar unga o‘ziga qulay pozisiyalar berilsa, u ortga qaramaydi va ishonch bilan o‘ynaydi.

U variantlarni qayta-qayta tekshirib o‘tirmaydi, o‘ziga ishonadi. Bu esa o‘yinida yaqqol sezilib turadi.

Shuningdek, u Sindarovning shaxsiy fazilatlari haqida ham gapirdi:
— U juda samimiy va yoqimli inson. Iste’dodi esa hammaga ayon. Agar men amerikalik o‘yinchilar uchun muxlislik qilmaganimda, albatta unga muxlislik qilgan bo‘lardim.

Aronyan turnir oldidan Sindarovni yuqori baholaganini ham aytdi:
— Men uni “yashirin favorit” deb hisoblaganman. Asosiy favorit sifatida esa Fabiano Karuanani ko‘rganman va hanuz shunday o‘ylayman. Lekin ba’zan bitta mag‘lubiyat hammasini o‘zgartirib yuboradi.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 20:14, 10.04.2026.
O'qildi: 1590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик