Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

De Dzerbi: «Menimcha, men Frank yoki Tudordan yaxshiroq emasman»

De Dzerbi: «Menimcha, men Frank yoki Tudordan yaxshiroq emasman»

Baho:
+ | -

«Tottenxem Xotspur»ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi London jamoasiga o‘tgani haqida to‘xtalib, o‘zini klubdan bo‘shatilgan Tomas Frank va Igor Tudordan ustun deb hisoblamasligini ta’kidladi.

«Avvalo, shu yerda ekanligimdan faxrlanaman va xursandman. Venkatesham va Langega (jamoa sport direktorlari) minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki ular menga katta ishonch bag‘ishlashmoqda. Endi ishlash va ochko to‘plash kerak. Futbolchilarning darajasiga ishonaman, chunki ilgari ularning ko‘pchiligini sobiq jamoalarimga olib kelishga juda yaqin kelgandim. Ular juda yaxshi ishlashmoqda.

Menimcha, men Tomas Frank yoki Igor Tudordan yaxshiroq emasman, chunki ularni juda kuchli murabbiylar deb hisoblayman. Men futbolchilarga o‘z sifatlarini ko‘rsatishda yordam berish uchun o‘z uslubim, xarakterim, shaxsiyatim va ishtiyoqimni olib kirishga harakat qilaman. Ularda iqtidor yetarli, asosiysi esa — hozirgi maqsadimizga erishishdir», — deya De Dzerbining so‘zlarini keltirmoqda «Tottenxem» rasmiy sayti.

APL turnir jadvalida «Tottenxem» 31 turdan so‘ng 30 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi. Chempionshipga tushib ketish hududidan jamoani bor-yo‘g‘i bir ochko ajratib turibdi.

Kiritildi: 21:02, 10.04.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик