Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Polsha terma jamoasi murabbiyi yugurish vaqtida hayotdan ko‘z yumdi

Polsha terma jamoasi murabbiyi yugurish vaqtida hayotdan ko‘z yumdi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Yasek Mageraning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

«Murabbiy, hammasi bunday bo‘lishi kerak emas edi... Oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman», – deb yozdi Levandovski o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bugun, 10 aprel kuni mutaxassis Vroslav shahridagi parklardan birida yugurish vaqtida o‘zini yomon his qilgan. U hushini yo‘qotgan va shifoxonaga yetkazilgan. Reanimasiya ishlari qariyb bir soat davom etgan, biroq «Legiya»ning sobiq himoyachisini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan.

Magera 2025 yilning yozidan buyon Polsha terma jamoasida Yan Urbanning assistenti sifatida ishlab kelayotgan edi. Avvalroq Polsha terma jamoasi saralash turniri finalida Shvesiyaga (2:3) imkoniyatni boy berib, AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi.

Kiritildi: 23:14, 10.04.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик