Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Flik «Barselona»ning UEFAga qilgan shikoyati haqida fikr bildirdi

Flik «Barselona»ning UEFAga qilgan shikoyati haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasida «Atletiko»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:2) so‘ng, klub tomonidan UEFAga hakamlik ustidan yo‘llangan shikoyat borasida o‘z fikrini bildirdi.

UEFAga hakamlik bo‘yicha yo‘llangan rasmiy shikoyat biror natija beradi deb o‘ylaysizmi? — deya savol berildi Flikka matbuot anjumanida.

— Qanday natijaga erishishimizni bilmayman. Men va jamoa uchun eng muhimi — klub bizni bu masalada qo‘llab-quvvatlayotganidir, chunki o‘sha vaziyatda adolatsizlik bo‘ldi. Bir marta xato qilish mumkin, lekin ikki marta emas. Klubning dastagi biz uchun juda muhim.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi bo‘lim boshida hisob 0:1 bo‘lib turgan vaqtda, «Atletiko» himoyachisi to‘p o‘yinga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan edi. Bosh hakam esa penalti belgilamaslikka qaror qilgan.

«Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:14, 11.04.2026.
O'qildi: 2676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик