Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Arbeloa chempionlik poygasi haqida to‘xtaldi

Arbeloa chempionlik poygasi haqida to‘xtaldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoasining navbatdagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng chempionlik poygasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Juma kuni «qaymoqranglilar» «Santyago Bernabeu»da kechgan «Jirona»ga qarshi bahsda ochko yo‘qotishdi (1:1). Ertagayoq madridliklarning «Barselona»dan ortda qolishi 9 ochkogacha yetishi mumkin — buning uchun Xans-Diter Flik jamoasi derbida «Espanyol»ni mag‘lub etishi lozim.

«Chempionlik poygasi yakunlandimi? Biz to matematik imkoniyat saqlanib qolar ekan, oxirgi kungacha kurashamiz. Biz — «Real»miz va hech qachon taslim bo‘lmaymiz», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Keyingi turda, 21 aprel kuni «Real» «Alaves» bilan to‘qnash keladi. Unga qadar esa jamoa Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazishi kerak.

Kiritildi: 02:55, 11.04.2026.
O'qildi: 4097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик