Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Qachon xohlashsa, o‘shanda aralashishadi» — Alvaro Arbeloa hakamlikdan norozi

«Qachon xohlashsa, o‘shanda aralashishadi» — Alvaro Arbeloa hakamlikdan norozi

Baho:
+ | -

Alvaro Arbeloa La Liga doirasidagi «Real» va «Jirona» (1:1) uchrashuvi yakunida Kilian Mbappening jarima maydonchasi ichida yiqilishi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, bosh hakam Xavyer Alberola Roxas madridliklar foydasiga penalti belgilamagan edi.

«Men uchun bu — yerda ham, Oyda ham penalti. Bu shunchaki navbatdagi misol. Yana bir shunday hafta. Haqiqat shunday, bunga hech narsa qila olmaymiz.

Na men va na boshqalar VAR qachon aralashishi kerakligini tushunmayapmiz. Ularga qulay bo‘lganda aralashishadi, bo‘lmaganda esa yo‘q. Mening fikrim sizga ma’lum, faktlar esa buni tasdiqlamoqda.

Bu mutlaqo toza penalti edi. Mbappega nisbatan bundan ancha bahsli vaziyatlarda qoida buzilishi qayd etilgandi.

Hakamlar bilan muammolarimiz juda ko‘p bo‘ldi. Bu o‘yinda ham, «Malyorka» bilan bahsda ham... yangilik yo‘q. Referi Mbappe bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha bizga hech narsa demadi», — dedi «Real» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 02:57, 11.04.2026.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик