Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Shlotterbekning «Borussiya» bilan shartnomani uzaytirishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum

Shlotterbekning «Borussiya» bilan shartnomani uzaytirishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek nima sababdan jamoa bilan mehnat shartnomasini uzaytirgani ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq futbolchining «asalarilar» bilan olib borayotgan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolgani xabar qilingan edi. Biroq 10 aprel kuni klub himoyachi bilan amaldagi shartnoma 2031 yilgacha uzaytirilganini e’lon qildi.

BILD nashrining yozishicha, Shlotterbekning yangi shartnomasida 50–60 million yevro miqdorida tovon puli ko‘zda tutilgan. Ammo ushbu band faqat futbolchining bir nechta «orzusidagi klublari» uchungina amal qiladi. Taxminlarga ko‘ra, gap «Bavariya» va Madridning «Real» klublari haqida ketmoqda.

Shlotterbek kelayotgan yozda «Borussiya»ni tark etmoqchi edi, biroq top-klublardan aniq takliflar bo‘lmagach, u jamoa bilan shartnomani uzaytirishga va unga tovon puli haqidagi bandni kiritishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda 26 yoshli Shlotterbek barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:07, 11.04.2026.
O'qildi: 436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик