Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Maykl Kerrik jamoaning doimiy ustozi bo‘lish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda talkSPORT nashri ma’lumot tarqatdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, uzoq vaqt davomida Angliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel birinchi raqamli nomzod deb hisoblanayotgan edi, biroq u milliy jamoa bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga qaror qildi.

Kerrik «Manchester Yunayted»ni joriy yilning yanvar oyida qabul qilib olgan edi. 31-turdan so‘ng «qizil iblislar» Premyer-liga turnir jadvalida 55 ochko bilan uchinchi o‘rinda borishmoqda.

Navbatdagi turda Kerrik shogirdlari o‘z maydonlarida «Lids»ni qabul qilishadi. Uchrashuv 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:57, 11.04.2026.
O'qildi: 5170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик