Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

“O‘zbekistonda Katanes kelguniga qadar terma jamoaning muvaffaqiyatiga ishonishmasdi” — Alesh Chex

“O‘zbekistonda Katanes kelguniga qadar terma jamoaning muvaffaqiyatiga ishonishmasdi” — Alesh Chex

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq murabbiyi Alesh Chex Sloveniyaning Delo nashriga bergan intervyusida Katanes davridagi muvaffaqiyat sirlari va dastlab yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi.

“Hujumchilar himoyaga qaytishni istamasdi”

Chexning ta’kidlashicha, murabbiylar shtabi ish boshlagan vaqtda mamlakatda terma jamoaning kelajagiga nisbatan katta shubha bor edi. Futbolchilar esa yangi talablarga ko‘nikishi oson kechmagan:

“Odamlar bu jamoaning yana nimadir yuta olishiga ishonmay qo‘yishgandi. Srechko yigitlarni maydonda borini berishga o‘rgatdi. Avvaliga futbolchilar talablarimizni tushunishmadi: "Murabbiy, biz hujumchimiz-ku, nega himoyaga qaytishimiz kerak?", deyishardi. Keyinchalik ular Srechkoning samimiy ekanini va faqat katta turnirga chiqishni istashini anglab yetishgach, hamma narsa osonlashdi”, — deydi murabbiy.

Asosiy qahramon — Katanes
Alesh Chex O‘zbekistonning Jahon chempionatiga yo‘llanma olishida aynan Srechko Katanesning hissasi beqiyos ekanini alohida qayd etdi:

“O‘zbekiston bilan erishilgan muvaffaqiyatdan juda xursandman. Ayniqsa, Srechko uchun faxrlanaman, chunki bu birinchi navbatda uning g‘alabasi. U mo‘’jiza yaratdi: avval futbolchilarni, keyin esa butun xalqni o‘ziga ishontira oldi. Ta’kidlashim kerak, bu natijaga hamma kishidan ko‘ra ko‘proq Katanes loyiq edi”.

Eslatib o‘tamiz, Alesh Chex Katanes ketganidan keyin ham bir muddat Toshkentda ishlashda davom etdi. Biroq milliy terma jamoaga Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlangach, Chex o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:21, 11.04.2026.
O'qildi: 1658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик