Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Inter Mayami" Kazemironi nishonga oldi

"Inter Mayami" Kazemironi nishonga oldi

Baho:
+ | -

MLSning "Inter Mayami" klubi braziliyalik yarim himoyachi Kazemiroga transfer borasida taklif bilan chiqdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Kazemironing erkin agent sifatida MLSga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar yuqori bosqichda turibdi. Futbolchi faoliyatini AQSHda davom ettirish ishtiyoqida va iyul oyida jamoaga qo‘shilishi mumkin. Tomonlar 2028 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan shartnomani imzolashi kutilmoqda.

O‘tgan qishda Kazemiro "Manchester Yunayted"ni tark etish niyati borligini e’lon qilgan edi. Braziliyalik futbolchining klub rivojiga qo‘shgan hissasiga hurmat sifatida, "MYU" rahbariyati uning shartnomasini yana 1 yilga uzaytirish bandidan foydalanmaslikka qaror qildi.

Joriy mavsumda 34 yoshli futbolchi "qizil iblislar" libosida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning ayni damdagi bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:34, 11.04.2026.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик